Ufq romani haqida

0

“Ufq” romani haqida. “Уфқ” романи ҳақида. “Уфк” романи хакида.


Ushbu romanda xalqimiz hayotining kichik, biroq mazmunmohiyati jihatdan juda dolzarb davri aks ettirilgan. Chunki xalqimiz urush arafasidagi, Ikkinchi jahon urushi va undan ke yingi yillarda mislsiz  doyilik, qahramonliklar ko‘rsatdi. Uzunligi 270 km bo‘lgan Katta Farg‘ona kanalining qo‘l kuchi bilan 45 kunda qazib bitkazilishi misli ko‘rilmagan jasorat, har qanday jahon rekordini ortda qoldirar edi. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, kanal qazishda 160 ming kishi qatnashgan, kanal trassasida 17,8 million metr kub tuproq chiqarilgan, shundan faqatgina 1,7 million metr kub tuproq mexanizmlar yordamida qazilgan. Urush yillarida xalqimizning front va front ortidagi og‘ir mehnati, urushdan keyingi tiklanish davridagi chekkan zahmatlari ning har bir kuni jasorat edi.

Bu ulkan ishlarning ortida qo‘li qadoq jonli odamlar, ularning murakkabliklar to‘la suronli taqdiri, orzu-armonlari bor edi. Said Ahmad xuddi shu  doyi insonlar hayotini, kechinmalarini qalamga olgan, ular haqida bir emas uchta jozibali, lirik bo‘yoqlarga boy, hayajonli kitob bitgan. Ularni jamlab, “Ufq” deb nomlagan. Darhaqiqat, roman uch katta davrni o‘z ichiga olgani uchun uni roman-trilogiya deb ataymiz. Asarning dastlabki kitobi “Qirq besh kun”, ikkinchi kitobi “Hijron kunlarida”, uchinchi kitobi esa “Ufq bo‘sag‘asida” deb nomlangan. “Qochoq” deb shartli nomlangan parcha romanning “Hijron kunlarida” deb ataluvchi ikkinchi kitobidan olingan. E’tibor bergan bo‘lsangiz, ushbu parcha juda og‘ir o‘qiladi, aniqrog‘i, uni o‘qish emas, his qilish og‘ir. Urush qahramoni Ikromjon Usmonov frontdan bir oyog‘idan ajrab, qaytib keladi, ortidan unga berib ulgurilmagan ordeni ham tantanali topshiriladi. Bundan ruhlangan Ikromjon va uning ra qasi Jannat xola barcha bilan barobar mehnat qiladilar. Biroq ular hayotida falokat yuz beradi – ularning yer-u ko‘kka ishonmay o‘stirgan yolg‘iz o‘g‘illari Tursunboy urushga ketayotib qochadi, ularning yuzini yerga qaratadi. Eng yomoni, Tursunboy qochib kelib, ular o‘zlashtirayotgan to‘qayzor ichkarisiga joylashib olgan. Bu sirni onasi Jannat xolagina biladi. U ikki o‘t orasida. Bir tomondan, o‘g‘lining Vatanga xiyonati ich-ichini o‘rtasa, ikkinchi tomondan, yolg‘iz farzandiga joni achiydi. Qochoq o‘g‘lini boqish, uni kishilar ko‘zidan yashirish bilan ovora bo‘lib, tinkasi qurigan mushtipar ona kasallanib qolib vafot etadi. Ikromjon o‘g‘lining isnodiga chiday olmay yurganda, to‘qayda Tursunboyni uchratadi. Ota va bola o‘rtasida jiddiy to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi. Ikromjon o‘g‘lini el-yurt oldida uzr so‘ratmoqchi, diliga insof solmoqchi bo‘ladi. Biroq nobakor o‘g‘il ko‘nmaydi, ota qo‘lidan qochib ketadi. Qochoq o‘g‘il Tursunboy “…ota diydoridan, ona mehridan, yor-birodarlari davrasidan olisda, chaqirsa ovoz yetadigan joyda quvg‘in bo‘lib, olamdan o‘tadi”.

Asarda Tursunboy qilmishi qoralanadi, hatto otasi ham xiyonatkor o‘g‘ilni mahv etishga tayyor. Avvalo, ota-onadan ham ayb o‘tgan: ular yolg‘iz o‘g‘illarini erka, tantiq qilib o‘stirganlar. Bugun erka farzand ularni el orasida sharmisor qilyapti. Biroq bu ayblovlar zamirida urushni qoralash, bu qirg‘inbarotni o‘ylab chiqarganlarni la’natlash yotibdi. Urush ota-onalarni farzand dog‘ida kuydirdi, bolalarni yetim qildi, mamlakatni xarobaga aylantirdi. Barcha baxtsizliklarning sababi – ana shu urush.

Aziz o‘quvchi, so‘z garchi Tursunboy taqdiri haqida ketayotgan bo‘lsa-da, asarda u yolg‘iz personaj hisoblanmaydi. Siz buni yaxshi bilasiz, chunki “Ufq” trilogiyasini to‘liq o‘qigansiz (qaysingiz o‘qimagan bo‘lsangiz, maslahatimiz, roman bilan albatta tanishib chiqing). Yozuvchi “Ufq” romanida xalqimizning urush ortidagi mehnati, mashaqqatli hayotini Ikromjon, Jannat xola, To‘lanboy, Nizomjon, Asrora, Dildor, Zebi, A’zamjon kabi qator qahramonlar taqdiri orqali yorqin tasvirlaydi.

Ustoz adib Abdulla Qahhor yozuvchining ushbu asardagi mahoratini shunday ta’ri aydi: “Bu kitobni (“Ufq” romanini) kitobxon boshdan-oyoq shavq bilan, hech qayerda turtinmasdan, diqqati susaymasdan, ishtahasi bo‘g‘ilmasdan o‘qib chiqadi… Kitobda qimirlagan har bir jonning qayg‘usi, quvonchi, qilishqilmishi, muhabbati, g‘azabi, og‘zidan chiqadigan har bir so‘zi rost…”

Darhaqiqat, ushbu asar “… odamga quvvat beradigan umid, uning boshini “toshdan” qiladigan ishonch barq urib turgan haqiqiy hayot manzarasidir”. Ushbu roman uchun bundan-da yuksak baho bo‘lmasa kerak.

Said Ahmad (1920–2008)

Qochoq (Ufq trilogiyasidan parcha)


Savol va topshiriqlar

  1. Said Ahmad hayoti va ijodi haqida nimalar bilasiz? Gapirib bering.
  2. Adib ustozlari Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhorlardan qanday xislatlarni o‘zlashtirgan?
  3. Said Ahmad yozuvchilikdan tashqari yana qanday san’at turini egallagan?
  4. Said Ahmad turg‘unlik yillaridan hikoya qiluvchi qanday asar yaratgan?
  5. Said Ahmad ssenariysi asosida yaratilgan qanday badiiy  lmlarni bilasiz?
  6. “Ufq” romanining yaratilish tarixi haqida nimalar deya olasiz?
  7. Roman-trilogiyaning “Qirq besh kun” deb nomlangan birinchi qismi qanday umumxalq qurilishi haqida hikoya qiladi?
  8. Tursunboyning erka, xudbin bo‘lib o‘sishining sababi nimada deb o‘ylaysiz?
  9. Tursunboyni ko‘proq nima qiziqtiradi? Asardan olingan parchadan bu savolga javob toping.
  10. Ikromjon o‘g‘li Tursunboyni to‘qayzorda uchratganda, ular o‘rtasida shunday savol-javob bo‘lib o‘tadi:
  11. To‘qayga qachon kelding?..
  12. To‘rtoy bo‘ldi.
  13. Tursunboy boshini egib yerdan cho‘p olib tishlab o‘tiraverdi.
  14. Onang o‘ldi, – dedi Ikromjon.
  15. Bilaman. Ko‘mishga olib ketayotganlarida ko‘rib turgan edim. Ikromjonning shu javobdan keyingi holatini parchadan topib, mazmunini sharhlab bering.
  16. Ikromjonning ruhiy iztiroblarida, musibatlarida ko‘nglini ko‘targan, dardiga malham bo‘lgan mehribon kishilar – To‘lanboy, Nizomjon, Asrora, Dildor, Zebi, A’zamjon haqida so‘zlab bering. Ikromjon va Nizomjon munosabatlari haqida gap ketganda ularga nisbatan quyidagi qaysi maqolni qo‘llasa bo‘ladi (masalan, “Mahallang – ota-onang”, “Tug‘ishgandan tutingan afzal” kabi)?
  17. Ikromjonning o‘g‘li xatti-harakatlariga munosabati ikki xil: bir tomondan unga farzandi sifatida joni achisa, ikkinchi tomondan uni “Xoin! Qochoq! Nomard!” deya la’natlaydi. Buni siz qanday tushunasiz?
  18. “Ufq” romanidan olingan parchadan tabiat tasvirining asar qahramonlari ruhiyatiga mos keladigan o‘rinlarni toping va adabiyot daftaringizga ko‘chirib oling.
  19. Said Ahmadning “Ufq” romanini “…odamga quvvat beradigan umid, uning boshini “toshdan” qiladigan ishonch barq urib turgan haqiqiy hayot manzarasidir”, – deb ta’ri agan adib kim edi?
  20. Ikromjon, Jannat xola, Nizomjon xarakterlaridagi milliylik nimalarda ko‘rinadi?
  21. Uyda “Qochoqning fojiasi” mavzusida insho yozib keling.
Previous articleQochoq (Ufq trilogiyasidan parcha)
Next articleRoman shakllari (Nazariy ma’lumot)