O‘lsam ham ayrilmasman quchoqlaringdan

0

O‘lsam ham ayrilmasman quchoqlaringdan. Ўлсам ҳам айрилмасман қучоқларингдан. Улсам хам айрилмасман кучокларингдан.


Sehrli musiqaday jaranglovchi bu ajib so‘zlarni ilk bor bolaligimda – urush boshlangan yili eshitgandim. Yosh tomoshabinlar teatri ning Eski Jo‘vadagi almisoqdan qolgan torgina zali. Odam tirband. Sahnada past bo‘yli, kulcha yuzli, istarasi issiq artist ko‘zlari chaqnab, ovozini bir ko‘tarib, bir pasaytirib hayajon bilan she’r o‘qimoqda:

Vatan – ona so‘zi naqadar laziz,
Sensan har narsadan mo‘tabar, aziz,
Hurmatingni saqlar har bir o‘g‘il-qiz,
Muqaddas, mo‘tabar, ulug‘ Vatanim,
O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan…

Vatan. Vatan tuyg‘usi. Vatan muhabbati. Nimadir bular? Bular qanday sehrli qudratki, hali voyaga yetmagan, dunyo ko‘rmagan, turmushning past-balandlaridan bexabar, o‘yin-u sho‘xliklardan o‘zga dardi yo‘q bir o‘smirning yuragiga jo bo‘lib olib, butun umr uning xatti-harakatini, yurish-turishini boshqarib turadi? Bu tuyg‘u inson farzandida tug‘ma bo‘larmikin? Yoki go‘dak tamshana-tamshana onasini emganida, ona suti bilan birga bu tuyg‘u uning ham tomirlariga yugurarmikin?

Umuman, “Vatan” deganning o‘zi nadir?

Tug‘ilib o‘sgan uyingmi? Beshikda qulog‘ingga kirgan mungli va ayni chog‘da nurli allami? Buvingning ertaklarimi? Maktabmi? Ilk bor visol onlariga guvoh bo‘lgan so‘lim xiyo bonlarmi? Albatta, bularning hammasi va yana allaqancha narsalar birlashib, “Vatan” degan narsaning so‘nmas timsolini yaratsa kerak. Va yana o‘ylaymanki, bolaning murg‘ak qalbidagi ilk bor paydo bo‘lgan Vatan timsoli har qancha yorqin bo‘lmasin, hali o‘zining shakl-u shamoyilini to‘la topib ulgurmagan bo‘ladi. Vatan tuyg‘usi insonning o‘zi bilan birga o‘sib ulg‘ayadigan tuyg‘u bo‘lar ekan. Tajribangiz ortgani sari, hayot doshqozonida qaynab pisha borganingiz sari Vatan degan narsani chuqurroq qadrlaydigan bo‘lib qolasiz. Vatan haqidagi tasavvuringiz to‘lishib, kengayib, boyib boradi…

Odamzod shunday yaratilganki, u boshqalardan ajralgan holda, yakka-yolg‘iz, so‘ppayib umrguzaronlik qilolmaydi. Hatto umrin ing yarmini xumni vatan qilib o‘tkazgan qadimgi yunon faylasu Diogen ham, baribir, shogirdlari bilan, boshqa faylasu ar bilan aloqada yashagan. Ota-onalar, farzandlar, qarindosh-urug‘lar, yor-u birodarlar, do‘stlar-u dugonalar har qanday inson hayotiga turfa xil ma’no ato qiladi. Odam ularni yaxshi ko‘rishi, ular bilan inoq yashashi mumkin, ularni yoqtirmasligi ham mumkin. Lekin nima bo‘lganda ham ularning hammasidan yuz o‘girib, hammasidan butunlay kechib ketib bo‘lmaydi. Xullas, qarindosh-urug‘, do‘st-u birodarlar, mahalla, jamoa, qolaversa, butun jamiyat odamning o‘sib-ulg‘ayishida, umrguzaronligida istasaistamasa unga tayanch bo‘ladi, uning parvoziga qanot beradi. Shuning uchun “Vatan” tushunchasi muayyan jug‘ro y hududnigina qamrab olmaydi, balki uning tarkibiga butun jamiyat, uning kechagi kuni, buguni va ertasi ham kiradi.

Shuning uchun men “o‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan” deya bot-bot takrorlaganimda bilamanki, men Vatanimga kerakman. Kimligimdan, yosh-u qariligimdan, kasb-u korimdan qat’i nazar. Bilamanki, mensiz Vatanimning nimasidir kemtik, noto‘kis bo‘lib qoladi. Ayni chog‘da, shuni ham bilamanki, Vatanim menga ko‘proq kerak. Vatan mensiz yashashi mumkin, lekin men Vatansiz yashayolmayman! Rost-da! Men yetmishga kirib, umrimda nimaiki ro‘shnolik ko‘rgan bo‘lsam, shu Vatanning bag‘rida uning saxovati tufayli, “bir mehribon qo‘l” bilan peshanamni silagani tufayli ko‘rdim…

Men bunga ba’zan o‘zimda yo‘q xursand bo‘laman, yaratganga beadad shukronalar qilaman, ba’zan esa, Vatanning menga ko‘rsatgan behisob inoyatlariga, el-u yurt ardog‘iga munosib javob bera olayotganim yo‘q, Vatan oldidagi farzandlik burchimni to‘la o‘tayolmayapman, deb o‘kinib qo‘yaman. Bu o‘kinch meni ko‘p narsalar to‘g‘risida o‘ylashga undaydi.

Axir bu go‘zal Vatan Allohning el qatori menga ham atagan buyuk tuhfasi. Mendan avval o‘tgan avlod-ajdodlarim uni jamiki betakror jozibasi bilan, tuganmas xazinalari bilan menga meros qoldirgan. Xo‘sh, nima qilmoq kerak?

Tekin meros ekan deb uning boyliklarini bir chekkadan sovurave rishim kerakmi? Axir, yotib yesa tog‘ chidamas ekan.

Yo‘q, orqa-oldimizga qaramay sovurish yo‘lini tutadigan bo‘lsak, bu go‘zal o‘lka uch-to‘rtta avlodning umri o‘tmasdanoq odam yursa oyog‘i, qush uchsa qanoti kuyadigan dasht-u biyobonga aylanadi-yu, biz hammamiz kelajak avlodlarning qarg‘ishiga uchraymiz. Baxtimizga, o‘tgan avlod-ajdodlarimiz bizga Vatanni meros qilibgina qoldirgan emaslar, balki bu Vatanni chin yurakdan sevishni, unga  dokorlik bilan xizmat qilishni, uning husniga husn, boyligiga boylik qo‘shishni ham meros qoldirishgan. Vatanni sevmoq imondandir, deb ta’lim berishgan ular…

Bu gaplar, albatta, ma’rifatli odamlarning hech qaysisi uchun yangilik emas. Shunga qaramay, bu to‘g‘rida gapirayotgan ekanman, boisi bor. Vatanga muhabbat Onaga muhabbat kabi muqaddas va yuksak tuyg‘u. Onaga muhabbatning shunday bir o‘ziga xosligi borki, odam bu tuyg‘usi haqida olamga jar solib, hammani undan voqif qilavermaydi, hatto onasining o‘ziga ham har kuni: “Onajon, men sizni jonimdan ortiq yaxshi ko‘raman”, deyavermaydi. Lekin har kuni onasiga g‘amxo‘rligi, mehribonligi, saxovati, shafqatini ishi bilan, gap-so‘zlari, xattiharakati bilan amalda namoyon qiladi.

Vatan muhabbati ham shunday: u hammaga ko‘z-ko‘z qilinmaydi, u to‘g‘risida tantanavor e’lonlar chop etilmaydi, har muyulishda odam ko‘kragiga urib, Vatanga oshiqligini pisanda qilmaydi. Madaniyatning yuksak pog‘onalariga ko‘tarilgan jamiyatlarda odamlar o‘z Vatanlariga muhabbatni shovqin-suron ko‘tarmay, ayyuhannos solmay, tamagirliksiz, bepisanda, maqtanchoqliksiz amalga oshiradilar. Vatanga muhabbat bozorga solinadigan matoh emas, balki inson qalbining to‘rida gard yuqtirmay pokiza saqlanadigan eng na s, eng inja bir tuyg‘udir. Uning to‘g‘risida huda-behuda jar solaversang, har kuni amalda emas, og‘izda “namoyon” etaversang, bu tuyg‘uning muqaddasligi qolmaydi. Kishining bir qulog‘idan kirib, ikkinchi qulog‘idan chiqib ketaveradigan jo‘ngina bir jumlaga aylanib qoladi.

Shu o‘rinda olis zamonlarda o‘tgan ajdodimiz Shiroq ning Vatan yo‘lidagi buyuk  dokorligi yodimga tushadi. Biz bu odamning oddiy cho‘pon bo‘lganini bilamiz, xolos. Uning o‘zi qanaqa odam bo‘lgan, yoshmi, keksami, bola-chaqalari bo‘lganmiyo‘qmi ekanidan butunlay bexabarmiz. Lekin shuni aniq aytish mumkinki, u biror maktabda o‘qib, xat-savod chiqarmagan bo‘lsa kerak. Yana shunisi aniqki, u televizor ko‘rmagan, radio eshitmagan, gazeta o‘qimagan. Binobarin, Vatanni sevish, unga jon  do qilish kerakligi haqidagi xitoblar-u siyqasi chiqqan balandparvoz chaqiriqlarni eshitmagan. Lekin yurtiga bostirib kelgan yovni sahroga olib borib adashtirib kelishga qaror qilganida, sahrodan o‘zining ham sog‘ qaytib kelmasligini yaxshi bilgan. Demak, ona-Vatanini yovdan saqlab qolish uchun ongli ravishda jonini qurbon qilishga otlangan.

Albatta, uning nomini mangu qahramonlar sa ga olib kirgan bu mislsiz  dokorlik el-u yurtga, ona-Vatanga muhabbatdan, o‘zini xalqining bir zarrasi, yurtining sodiq farzandi deb his qilishdan tug‘ilgan. Shiroqning jasoratini mangu qilgan omillardan, unga beqiyos go‘zallik ham baxsh etgan xislatlardan biri uning har qanday tamadan mutlaqo xoliligi bo‘lgan. Har holda, Shiroq “bir zamonlar kelib, o‘zbek yoshlari mening jasoratimni darsliklaridan o‘qib, sha’nimga olqishlar yog‘dirishar”, degan o‘ydan mutlaqo uzoq bo‘lgan.

Ha, Vatan muhabbati ana shunday pokiza, oliyjanob, beminnat bo‘lmog‘i, har qanday maqtanchoqlikdan, sun’iylikdan, pisandadan xoli bo‘lmog‘i kerak.

Shu o‘rinda bir shoirning Vatan sevgisi haqidagi atigi to‘rt misrada aytgan bir gapi esimga tushib ketdi: Vatan uchun kimlar, nimalar qilmagan? Birovlar, Vatan deb jon  do qilgan, birovlar Vatan deb gap sotgan…

Men hech kimni malomat qilmoqchi emasman, buning uchun mening haqqim ham yo‘q. Lekin, nazarimda, shunday tuyuladiki, biz keyingi vaqtlarda Vatanga muhabbatimizni ko‘proq “gap sotish” yo‘li bilan ifodalashga berilib ketganga o‘xshaymiz…

Bir misol keltiraman: keyingi paytlarda ancha-muncha odamlar tele vizor orqali yoki matbuot sahifalarida sira xijolat tortmay “men falon sohada Vatan uchun 30, 40 yoki 50 yil xizmat qilib qo‘yganman”, deya maqtanadigan bo‘lib qolishdi. Biroq odam o‘zi to‘g‘risida shunaqa deganida qilgan xizmatlarini pisanda qilayotganga o‘xshab ketadi. Albatta, biror sohada 30 yilmi, 40 yilmi ishlagani juda yaxshi – bu ning uchun faqat rahmat aytish va boshqa yo‘llar bilan rag‘batlantirish kerak. Lekin nima uchun buni – butun umr bo‘yi tirikchiligini o‘tkazish uchun maosh olib qilgan ishini o‘zining vatanparvarligi deb taqdim etishi kerak? Yo‘q, birodarlar, har nima bo‘lganda ham, men Vatan sevgisini oliyroq, yuksakroq bir xislat, deb bilaman.

Vatanni sevish va, ayniqsa, bu sevgini amalda namoyon qilish unchalik oson ish emas. Bu odamdan juda katta jasoratni, bardoshni, chidamni talab qiladi. Qizig‘i shundaki, Vatan o‘z farzandlaridan har oyda, har haftada, har soat, har soniyada jon  do qilishni talab qilmaydi. Vatan yo‘lida sodir bo‘ladigan bunday  dokorlik eng yuksak, eng oliy  dokorlik bo‘lib, u favqulodda hollarda ro‘y beradi. Lekin Vatan sevgisi odamdan bir qarashda mahobatli ko‘rinmaydigan, insonning oddiy faoliyatidan kam farq qiladigan, aslida esa, juda mashaqqatli mehnatdan iborat bo‘lgan kundalik jasoratni talab qiladi.

Bu o‘rinda bugungi odamlarga juda yaxshi o‘rnak bo‘ladigan yana bir toifa, chin vatanparvarlar avlodi yodimga tushdi. Ular tarixga jadidlar degan nom bilan kirgan odamlar edi. Bugun biz ular haqida ko‘p gapiramiz, ularning sha’niga madhiyalar yog‘diramiz-u, lekin aslida o‘z faoliyatlarini nechog‘li azoblarda, ta’qiblar ostida, haqoratlarga ko‘milgan holda o‘tkazganlarini xayolimizga ham keltirmaymiz.

Axir, jadidlarni, birinchi navbatda, chor hukumati doimiy ta’qib ostida tutgan, ularning har bir qadamini nazardan soqit qilmagan, ular nashr etgan gazetalarni yopib qo‘ygan, chiqargan kitoblarini taqiqlagan, maktablarini berkitgan. Jadidlarni mahalliy ulamolar ham, din peshvolari ham yoqtirishmagan, ularni “kaltadum” deb, islomning dushmani deb atashgan, ko rlikda ayblashgan. Jadidlarni mahalliy boylar ham qo‘llabquvvatlamagan, ularni moddiy boyliklarni behuda va befoyda sovuradigan, quruq gap sotishdan boshqaga yaramaydigan ortiqcha odamlar deb hisoblashgan. Lekin eng yomoni shundaki, ba’zi amaldor ziyolilar ham jadidlarni tan olgan emas, ularni xalq yo‘lida, uning ko‘zini ochish, ma’rifatli qilish yo‘lida, uning hayotini yangilash, dunyoning oldingi xalqlari darajasiga ko‘tarish yo‘lida jonbozlik qilayotganliklarini tushungan emas, aksincha, asrlar davomida ko‘nikilgan turmush tarzini buzib, hammani besaranjom qila yotgan, allaqanday yangiliklarni joriy qilaman deb odamlarni tashvishga qo‘yayotgan, huzur-halovatini buzayotgan kuchlar deb bilishgan.

Mana shunday quyuq zulmat qo‘ynida jadidlar Vatan oldidagi ta rixiy burchlarini chuqur anglagan holda chin yurakdan, sadoqat bilan, har qanday mashaqqatlarga chidab, tishlarini tishlariga qo‘yib xizmat qilishda davom etganlar. Bu xizmatlari evaziga ular davlatdan maosh olgan emas, aksincha, ko‘p hollarda o‘zlarining bitib-ortib ketmagan mablag‘larini sar aganlar. Ba’zan xayriya yo‘li bilan ozmi-ko‘pmi mablag‘ tushib qolsa, unga shu qadar halol munosabatda bo‘lishganki, bunaqa munosabatni bugun juda katta qiyinchilik bilan tasavvur qi lish mumkin…

Bu ishlarning barini jadidlar shovqin-suronsiz, biron og‘iz maqta nishsiz, pisandasiz va tamasiz amalga oshirganlar. Va nihoyat, mana shu xizmatlari uchun sho‘rolar zamonida qamalib, ko‘pchiliklari otib yuborilgan yoxud o‘zga yurtlarga badarg‘a qilinib, urug‘lari quritilgan. Ularning bunday beminnat  dokorliklari biz uchun mangu ibrat bo‘lib qolmaydimi?..

Sezib turibman – shu o‘rinda bir tabiiy savol tug‘ilishi mum kin – maqolada Vatan sevgisi og‘izda emas, amalda, ishda namoyon bo‘lmog‘i kerak, degan gap ko‘p aytilyapti. Yaxshi, lekin dushman qo‘shinini sahroga olib borib adashtirib kelishga har kuni ham imkoniyat topilavermaydi-ku? Yoxud bugungi kunda jadidchilik faoliyati bilan shug‘ullanish juda ham joiz bo‘lmasa kerak. Xo‘sh, bugungi oddiy odam nima qilmog‘i, Vatanga muhabbatini qanday namoyon etmog‘i kerak? Axir, tarix da qilingan ulug‘ jasoratlarni hamma ham har kuni qilavermaydi-ku?

Menimcha, Vatan yo‘lida bir ishni qilishni istagan odam avvalo tarixga kirish haqidagi o‘ylarni bir chekkaga yig‘ishtirib qo‘ymog‘i kerak; chunki bir shoir aytganidek, avval ishni qoyil qilmoq kerak, shon-shuhratni esa keyin bo‘lishib olinaveradi.

Hayot esa hamma vaqt jasorat ko‘rsatishga imkon beradi – jaso ratlar,  dokorliklar faqat favqulodda odamlarning mahriga tushgan emas. Prezidentimiz takror-takror aytadigan bir ibora bor: “Savob ishni har kim qilmog‘i, har kuni qilmog‘i lozim”.

Faqat bir narsani aytmoq joizki, savob ishlar, shu jumladan, Vatan ravnaqi yo‘lidagi ishlar hech qachon avvaldan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha, birovlarning ko‘rsatmasi bilan qilinmaydi. Har kim o‘z aql-zakovati bilan, o‘z qalbining amriga ko‘ra qudrati yetgan darajada, imkoni bor darajada Vatan, elyurt yo‘lidagi ishlarni qiladi…

Shuning uchun yana qaytarib aytaman – Vatanga muhabbatingizni amalda namoyon qilmoq uchun falon qiling, piston qiling, deb ko‘rsatma berolmayman. Hayotning o‘zida siz qilishingiz mumkin bo‘lgan yumushlar oyoq ostidan chiqib qoladi. Hozir o‘zi turgan joyda obodonchilik ishlariga yordam berayotgan, maktablarga, bolalar bog‘chalariga ko‘maklashayotgan, ijodkorlarning kitoblarini chop ettirishga madadlashayotgan, qo‘li qisqaroq oilalarga bolalarining to‘ylarini o‘tkazib berayotgan va yana qanchadan-qancha saxovatpesha ishlarni qilayotgan odamlar haqidagi xabarlar ko‘payib qoldi. Bularning bari el-u yurt ravnaqi yo‘lida qilinayotgan savob ishlardir. Agar bordi-yu bunaqa ishlarga ham qurbingiz yetmasa, hechqisi yo‘q, o‘kinmang – jilla bo‘lmasa, to‘rt-besh tup daraxt eking, hovlingiz atro ni obod qiling, loaqal, eshigingiz tagiga bir tup qirqog‘ayni ekingki, o‘tgan-ketganlar yashnagan gullarni ko‘rib, ichlarida “barakalla” deyishsin. Bunday ishlar ham yurtimizning husniga husn, chiroyiga chiroy qo‘shadi-ku.

Odam ota-onasini tanlayolmaganidek, Vatanni ham tanlayolmaydi. Albatta, Alloh odamga Vatanni muzliklardan ham, sahrolardan ham, changalzorlardan ham ato etishi mumkin. Lekin siz bilan bizga Alloh O‘zbekiston deb atalgan, tuprog‘ida oltin gullaydigan, qishlarida bahor shivirlaydigan, tog‘ desa tog‘i bor, bog‘ desa bog‘i bor, har tongda bulbullar madhini o‘qib tamom qilolmaydigan bir yurtni Vatan qilib bergan ekan, buning uchun o‘zimizni BAXTLI deb bilmog‘imiz kerak. Prezidentimiz aytganiday, shukronalar bilan yashamog‘imiz ke rak. Vatan bizga ato etilgan ulug‘ ne’mat ekan, Vatanga muhabbat ham har birimizga berilgan ulug‘ ne’matdir. Chunki Vatanini sevgan odam, uning biron koriga yaragan odam hayotining chuqur ma’no kasb etayotganini, umri zoye o‘tmayotganini his qiladi, uning insoniy g‘ururiga g‘urur qo‘shiladi. Vatan muhabbatidan benasib odamlar esa, unga loqayd qaraydigan, hatto unga qo‘l ko‘tarishdan toymaydigan odamlar esa, har qanday qiyofaga ega bo‘lmasin, basharasini har qanday niqob bilan panalamasin, ma’naviy qashshoq, imonsiz, xudobexabar, baxtsiz odamlardir. Ular Alloh oldida qandaydir gunoh qilgan maxluqdirki, Alloh ularni Vatanni sevish baxtidan benasib qilgan.

Aziz vatandosh! Siz bilan biz o‘zbeklarmiz. O‘zbekning o‘z g‘ururi bor. Bugun biz dunyo xalqlarining sa aridan munosib o‘rin olishga harakat qilmoqdamiz. Lekin biz, g‘ururimiz har qancha baland bo‘lmasin, o‘z qadrimizni har qancha baland qo‘ymaylik, o‘zimizni hech kimdan yuqori qo‘ymoqchi, bironta xalqni kamsitib, pastga urmoqchi emasmiz. Biz yaxshi bilamizki, Alloh jahon ayvonida o‘zining hamma bandalarini teng qilib, barobar qilib, do‘st qilib yaratgan. Ha, shunday, biz hamma xalqlarga birodarmiz, lekin hech kimning oldida tili qisiqlik joyimiz ham yo‘q. Shuning uchun “qayga borsam, g‘oz yurarman boshda do‘ppi gerdayib” (E.Vohidov, “O‘zbegim”), deyish uchun to‘la asosimiz bor. O‘zbekning dovrug‘ini eshitmagan, “O‘zbekiston” degan jannatmonand yurtning ta’ri dan xabar topmagan bir jon qolmasin. Faqat “O‘zbekman” deb gerdayganimizda, shu go‘zal yurtning ravnaqiga qo‘shgan jinday hissamiz uchun qaddimizni tik tutib bir gerdayib qo‘yaylik.

(Maqola juz’iy qisqartirishlar bilan berildi.)

* * *

Mana, Ozod Sharafiddinov ijodiy merosining bir tomchisi – mo‘jaz maqola bilan tanishdik. Ozod domlaning (olimning shogird lari, muxlislari u kishini hurmat qilib shunday atashardi) yuzlab ilmiy va adabiy-tanqidiy maqolalari orasidan nega aynan shu maqola tanlanganini ortiqcha izohsiz ham tushunib turgan bo‘lsangiz kerak. Zero, qaysi zamonda, qanday mavqeni egallab yashamasin, insonning o‘zi tug‘ilib o‘sgan, uni voyaga yetkazgan Vataniga bo‘lgan munosabati ustuvor masala bo‘lib qolaveradi. Jumladan, ijodkor shaxsning o‘zi mansub millat, mamlakat taqdiri uchun kuyinishi, uning ravnaqi ustida bosh qotirishi hamma zamonlarda boshqalarga ibrat namunasi bo‘lib kelgan. Bu borada Navoiy va Bobur, Cho‘lpon va Fitrat faoliyatini ko‘z oldimizga keltirishimiz kifoyadir.

Ozod Shara ddinov uchun ham Vatanga muhabbat, uning oldi dagi farzandlik burchini ado etish mas’uliyati umrning bosh masalalaridan bo‘lgandi. Maqolasida u kamtarlik bilan o‘zining ona yurtimiz madaniyati, fani, ta’lim-tarbiya sohasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi to‘g‘risida biror og‘iz gap aytmaydi. Holbuki, olim tarjimayi holida yozganimizdek, zamonaviy o‘zbek adabiyotshunosligining taraqqiy etishiga Ozod Shara ddinovning katta xizmatlari singgan. Ayniqsa, Cho‘lpon, Abdulla Qahhor, Oybek, Otajon Hoshim singari adabiy siymolar merosini tiklash, tadqiq va targ‘ib etish bevosita uning nomi bilan bog‘liqdir.

Qolaversa, olim bugungi o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyandalari – Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Omon Matjon, Xayriddin Sultonov, Erkin A’zam, Murod Muhammad Do‘st, Tog‘ay Murod, Shavkat Rahmon kabi ijodkorlarning ilk qadamlaridan ularga dalda bo‘lgan, har bir yutug‘idan quvonib, tashvishlariga sherik bo‘lishni o‘zining insoniy burchi deb bilgan. Ozod Shara ddinov bu yumushlarni, o‘zining ta’biri bilan aytganda, ortiqcha shov-shuvsiz, tamasiz, pisandasiz bajarar, milliy ma’naviyatimiz yutug‘ini o‘zining yutug‘i deb idrok etish bu olimning qon-qoniga singib ketgandi.

Endi “O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan” maqolasidagi ayrim o‘rinlarni birgalikda sharhlashga urinib ko‘raylik.

Olim o‘z ruhiyatidagi uzoq yillik o‘zgarishlardan xulosa yasab: “Vatan tuyg‘usi insonning o‘zi bilan birga o‘sib-ulg‘ayadigan tuyg‘u bo‘lar ekan”, – deydi. Biror tuyg‘uning o‘sib-ulg‘ayishini tasavvur qilish uchun, avvalo, o‘sha tuyg‘u insonda bo‘lmog‘i, inson uni his qilmog‘i talab etiladi. Shu nuqtayi nazardan har birimiz o‘zimizga bir savol berib ko‘raylik: “Menda Vatan tuyg‘usi bormi? Bu tuyg‘uni nimalar orqali his qilaman?”

Albattaki, mazkur savolga har birimizning beradigan javobimiz har xil bo‘lishi mumkin. Biroq barcha javoblarni umumlashtiruvchi tutash nuqtalar ham, shubhasiz, bo‘ladi. Bular: tug‘ilib ko‘z ochgan oila mizga, mahallamizga, ota-ona, buvi va buvalarimiz, yaqin do‘st-birodarlari mizga bo‘lgan o‘zgacha iliq, shafqatli munosabatimizda; mamlakatimizdan yetishib chiqqan sportchilar, olim lar, san’atkorlarning jahon maydonlarida erishgan muvaffaqiyatlaridan yuragimiz hayajonga to‘lishida; xorijiy tashkilotlar eshigi oldida, katta-katta zallarida Vatanimiz bayrog‘ining hilpirab turishini ko‘rganda biz mana shu bayroqning egasi, shu mamlakatning fuqarosi ekanligimizdan g‘ururlangan paytlari mizda Vatan tuyg‘usi o‘zini namoyon qiladi. Xorijda o‘qish, turli musobaqalarga qatnashish munosabati bilan yoki ota-onasi hamrohligida chet elga chiqqan tengdoshlarimiz yuragida esa Vatan tuyg‘usi anchagina kuchli, sezilarli aks sado berishi ham bor gap.

Vatan tuyg‘usi insonning o‘zi bilan birga o‘sib-ulg‘ayishini unchalik katta bo‘lmagan hayotiy tajribalaringiz orqali, oddiygina solishtiruvlar yordamida sezishingiz mumkin. Yodingizda bo‘lsa, boshlang‘ich sin arda maktab hovlisidagi daraxtlarga ko‘p ham ahamiyat beravermas, agar ularning shoxiga varragingiz ilinib qolsa yoki shoxdagi mevalarga qo‘lingiz yetmasa, hech narsani o‘ylab o‘tirmay, daraxt shoxini sindirish mumkindek tuyulardi. Hozir-chi, hozir ham shunday deb o‘ylaysizmi, hozir ham o‘sha hech narsani o‘ylaymaydigan “bebosh bola”misiz?

Har qalay, bu daraxt ham xuddi Sizdek yashashga haqli, goh mevasi, goh soya-salqini bilan odamlarga xizmat qiladigan hayotning bir parchasi ekanini endi anglab qoldingiz, to‘g‘rimi? Endi yuragingizga shafqat degan, o‘z yashayotgan joyingizni obod qilish, qo‘lingizdan kelgancha boshqalarga yordam berish degan hislar begona emas. Uyin gizda otangiz ne mashaqqatlar evaziga olib kelgan har bir bu yumni asrab-avaylashga, ukalaringiz biror joyga shikast yetkazayotganda, ularni tartibga chaqirishga harakat qila boshladingiz. Onangizning erta dan kechgacha kuymalashib, birini qo‘yib, birini olib oila yumushlarini bajarishi, Sizni va ukalaringizni oq yuvib, oq tarashini kuzatar ekansiz, unga achinib, oz bo‘lsa-da, og‘irini yengil qilish istagi ham ko‘nglingizdan o‘tmoqda… Bizningcha, mana shu ulg‘ayayotgan hislaringiz birlashib, qalbingizda bo‘y cho‘zayotgan Vatan tuyg‘usini tashkil qiladi.

Ozod Shara ddinovning boshqa bir xulosasi mana bunday: “Vatan” tushunchasi muayyan jug‘ro y hududnigina qamrab olmaydi, balki uning tarkibiga butun jamiyat, uning kechagi kuni, buguni va ertasi ham kiradi”.

Vatan tushunchasi tarkibida o‘zimiz yashayotgan jamiyat a’zolari, yurtimizning kechagi kuni va buguni jamuljam ekanini yaxshi tasavvur qilamiz. Biroq bu tushunchaga “Vatanning ertasi ham kirishi”ni qanday izohlaymiz? Axir “erta” hali yo‘q narsa-ku, uning qanday bo‘lishini bilmaymiz-ku. Hali mavjud bo‘lmagan, qanday bo‘lishi noma’lum narsani tushuncha tarkibiga qo‘shish qalay bo‘larkin?

“Vatan” tushunchasi haqidagi Ozod Shara ddinov  krining eng muhim o‘rni ham ayni shunda. Agar diqqat bilan o‘qigan bo‘lsangiz, maqolaning nafaqat bu joyi, balki butun maqsad va mazmuni ertangi kunga yo‘naltirilgani, kelajak tashvishi bilan yo‘g‘rilganini sezasiz. Muallif uzoq moziyda yuz bergan Shiroq qahramonligini eslaydimi yoki XX asr boshida faoliyat yuritgan jadidlarni tilga oladimi – barchasidan murod – Vatanning ertangi kuni qanday bo‘ladi? – degan savolni o‘ziga va zamondoshlariga berib ko‘rmoqlikdir. Olimning bu o‘ylari maqoladagi mana bu mulohazasi bilan chambarchas bog‘liq:

“Axir bu go‘zal Vatan Allohning el qatori menga ham atagan bu yuk tuhfasi. Mendan avval o‘tgan avlod-ajdodlarim uni jamiki betakror jozibasi bilan, tuganmas xazinalari bilan menga meros qoldirgan. Xo‘sh, nima qilmoq kerak? Tekin meros ekan deb uning boyliklarini bir chekkadan sovuraverishim kerakmi?”

Darhaqiqat, Vatan degan imorat ko‘chmanchi qabilalar bahorda vaqtinchalikka qurib, qish boshida buzib yig‘ishtirib ketadigan chodir emas. Bu muqaddas dargoh Siz bilan bizga qadar ham bo‘lgan, Siz bilan biz o‘tib ketganimizdan keyin ham aba diy qolajak! Hamma gap uni ertangi kunga qanday ahvolda qoldirmoqlikdadir. Vatan chinakam Vatan bo‘lmog‘i uchun uning ravnaqiga har bir avlod istisnosiz o‘z hissasini qo‘shishi, uning boyliklarini ko‘paytirib, kelgusi nasllar uchun qoldirmog‘i shart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin!” deya butun xalqni bunyodkorlikka, yaratuvchi mehnatga da’vat qilishining zamirida mana shu ulug‘ maqsad yotibdi.

Ozod Shara ddinov maqolasida kishini jiddiy o‘yga toldiradigan yana bir o‘rin, bizningcha, mana bu  krlar hisoblanadi:

“Vatanga muhabbat Onaga muhabbat kabi muqaddas va yuksak tuyg‘u. Onaga muhabbatning shunday bir o‘ziga xosligi borki, odam bu tuyg‘usi haqida olamga jar solib, hammani undan voqif qilavermaydi, hatto onasining o‘ziga ham har kuni “Onajon, men sizni jo nimdan ortiq yaxshi ko‘raman”, deyavermaydi”.

Darhaqiqat, odam bolasining shunday nozik tuyg‘ulari, hislari bo‘ladiki, ular har qadamda oshkor qilinib, elga dasturxon bo‘la vermaydi. Insonning farosatliligi, ibosi, imoni mana shu tuyg‘ularni asrab-avaylashi, ularni tarbiyalashi, ichdan kuchaytirib borishi bilan o‘lchanadi. Har qanday tuyg‘u, agar hudabehuda munozara mavzusiga aylanaversa, hammaga oshkor qilinaversa, o‘tmaslashib, siyqasi chiqib boraveradi. Ayniqsa, Vatanga muhabbat tuyg‘usi mana shunday asrovga, e’tiborga munosib muqaddas tuyg‘ular sirasiga kiradi. Olim bu tuyg‘uni bekorga Onaga muhabbat tuyg‘usiga qiyoslayotgani yo‘q. Vatan xuddi Ona singari yagona, odam ixtiyori bilan tanlanmaydigan, doimiy e’tiborga loyiq qadriyatdir. Onaga xiyonat qilish, uning yuzini yerga qaratish, uni haqoratlash qanchalar og‘ir gunoh hisoblansa, Vatanga bemehrlik ham shunchalar og‘ir ko‘rgilikdir.

Afsuski, hali oramizda Vatan boyliklari, imkoniyatlaridan istagancha foydalanib, uni asrab-avaylashni bilmaydigan kimsalar uchrab turadi. Bundaylarga qolsa, kimdir ular uchun ishlashi, o‘ylashi, muammolarni hal etishi, barcha narsani ular iste’moli uchun tayyorlab berishi kerak. Faqat o‘z maishatini, tor manfaatlarini o‘ylab yashaydigan, mana shu bachkana, maishiy tashvishlaridan yuqori ko‘tarila olmaydigan kishilar, aslida, qo‘lida qurol tutgan dushmandan ko‘ra xav iroqdir. Chunki qurollangan, maqsad-muddaosi aniq dushmanni ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlash mumkin. Ularning qilmishiga yarasha qanday jazo tayinlanishi ham qonunlarda belgilangan. Boyagi kimsalarning dunyoqarashi, axloq-ruhiyati, kundalik zararkunandaligini esa, na bir qonun bilan, na nazorat bilan tartibga solib bo‘ladi. Ular “men shunday o‘ylayman, menga shu kerak, men qanday xohlasam, shunday yashash huquqiga egaman”, deb, o‘zbekcha qilib aytganda, “bersang – yeyman, ursang – o‘laman”, deb yashashga ko‘nikkanlar. Ayni shunday kimsalarning nafsi hech qonmaydi, ayni o‘shalar ham davlatning, ham fuqarolarning boyliklarini hech narsadan parhez qilmay o‘zlashtiradilar.

Ba’zan ahvol shu darajaga borib yetadiki, umri bino bo‘lib ko‘rgan to‘rttagina shubhali kitobi, shular ta’sirida orttirgan “bilimi” bilan o‘zini har sohada daho sanab qolgan kimsalar, masalan, din va uning muqaddas tushunchalariga-da daxl qilishdan toymaydilar. Ular Payg‘ambarimizning “Vatanni sevmoq – imondandir” degan hadisla rini ham shubha ostiga oladilar, Vatan tushunchasini “nisbiy, o‘tkinchi, islom dushmanlari o‘ylab topgan narsa”, deb e’lon qiladilar (“Hizb ut-tahrir” ekstremistik guruhining “qo‘llanmalari”da aynan shunday targ‘ibot o‘rin olgan!). Endi ayting: Vatan xoinlari, millat kushandalari, kelajak dushmanlari xuddi shu muhitdan yetishib chiqmaydi, deb kim kafolat beradi?

Ozod Shara ddinov mana shunday kishilardan ogoh bo‘lishga, ularning yuzidagi pardaga aldanmaslikka barchamizni da’vat etadi:

“Vatan muhabbatidan benasib odamlar esa, unga loqayd qaraydigan, hatto unga qo‘l ko‘tarishdan toymaydigan odamlar esa, har qanday qiyofaga ega bo‘lmasin, basharasini har qanday niqob bilan panalamasin, ma’naviy qashshoq, imonsiz, xudobexabar, baxtsiz odam lardir. Ular Alloh oldida qandaydir gunoh qilgan maxluqdirki, Alloh ularni Vatanni sevish baxtidan benasib qilgan”.

Shiddatli umri davomida juda ko‘p yurtlarni ko‘rgan, yer yuzi ning eng go‘zal go‘shalari, dunyo madaniyatining eng ilg‘or mar kazlari to‘g‘risida jild-jild kitob o‘qigan va barcha ko‘rganbilganlarini sarhisob qilib, buyuk haqiqatni o‘zi kashf etgan mutafakkir inson – Ozod Shara ddinov avlodlarga mana bunday vasiyat qoldirdi:

“Siz bilan bizga Alloh O‘zbekiston deb atalgan, tuprog‘ida oltin gullaydigan, qishlarida bahor shivirlaydigan, tog‘ desa tog‘i bor, bog‘ desa bog‘i bor, har tongda bulbullar madhini o‘qib tamom qilolmaydigan bir yurtni Vatan qilib bergan ekan, buning uchun o‘zimizni BAXTLI deb bilmog‘imiz kerak”.


Savol va topshiriqlar

  1. Ozod Sharaddinovning hayot va ijod yo‘li to‘g‘risida bilganlaringizni so‘zlab bering.
  2. Olimning tarjimayi holida onasi to‘g‘risidagi esdaligi keltirildi. Sizningcha, onaning umri oxirida iztirobga tushishining asl sababi nimada bo‘lgan?
  3. O‘qituvchingizdan O.Shara ddinovning to‘g‘riso‘zligi, ilmiy va insoniy halolligi, prinsipialligi bilan bog‘liq tafsilotlarni so‘rab bilib olishga harakat qiling.
  4. O.Shara ddinovning ulkan merosidan nega aynan Vatan to‘g‘risidagi maqolasi tanlanganini Siz qanday izohlaysiz?
  5. “O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan” maqolasida Vatanni “og‘izda sevish” bilan “amalda sevish” bir-biriga qarshi qo‘yilgan. Shu masalada Siz muallif  krlariga yana qanday qo‘shimchalar qila olasiz?
  6. Darslikdagi namuna asosida maqoladagi boshqa muhim mulohazalarni ham sharhlashga harakat qiling.
  7. O.Shara ddinov maqolada jadidlar harakatini tilga olgan. Jadidlarning Vatanga xizmat qilish yo‘lida ko‘rsatgan yana qanday  doyiliklarini eslay olasiz?
  8. Muallif qahramon Shiroq hamda jadid bobolarimizning Vatan ozodligi, uning taraqqiyoti uchun qo‘shgan hissasi to‘g‘risida yozgan. Siz bu borada yana kimlarni misol qilib keltirgan bo‘lardingiz?
  9. Maqoladagi “Jasoratlar,  dokorliklar faqat favqulodda odamlarning mahriga tushgan emas” degan  krni izohlab, munosabatingizni bildiring.
  10. Yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida Ozod Shara ddinov shaxsi va ijodiga qanday baho berilgan?
  11. Ozod Sharaddinov to‘g‘risida ishlangan hujjatli  lmlar, u kishi ishtirokida suratga olingan ko‘rsatuvlardan xabardormisiz? Taassurotlaringizni sinfdoshlaringizga gapirib bering.
  12. “Qalbimdagi Vatan tuyg‘usi” mavzusida uy inshosi yozing.
Previous articleOzod Sharafiddinov hayoti va ijodi
Next articleTo‘ra Sulaymon hayoti va ijodi