Yangi so‘zlar – Янги сўзлар

0

Yangi so‘zlar. Янги сўзлар / сузлар.


1-topshiriq. Quyida berilgan so‘zlarning ma’nosini ayting.

Dasturchi, birja.

2-topshiriq. Eski so‘zlar o‘rniga qo‘llanilayotgan yangi so‘zlarni toping.

Rayon, oblast, ostanovka, programma.


Hozirgi kunda yangilik belgisini saqlab turgan so‘zlarga yangi so‘zlar deyiladi.


532-mashq. Gaplarni o‘qing. Tilimizda yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni toping, ularning qaysi sohalarda ishlatilishiga diqqat qiling.

1. Qisqa vaqt ichida gimnaziyaga zamonaviy kompyuterlar keltirildi, ular internet tarmog‘iga ulandi. 2. Kasb-hunar kolleji o‘tgan yili 220 nafar malakali mutaxassislarni qaynoq hayotga kuzatdi. 3.Bakalavr to‘rt yillik oliy ta’lim bosqichini o‘tagan mutaxassis bo‘lsa, magistr bakalavr bosqichidan keyingi ikki yillik mutaxassislik kursini o‘tagan shaxsdir. («Ma’rifat»)

533-mashq. Kompyuter bilan bog‘liq monitor, «sichqoncha», «kuchukcha», internet so‘zlari bugungi kunda keng qo‘llanmoqda. Ulardan qaysi birining ma’nosini izohlay olasiz?

534-mashq. Ko‘chiring. Yaqin o‘tmishda qo‘llanmagan yoki boshqacha nomlar bilan atalgan so‘zlarning ostiga chizing.

1. Fermer xo‘jaliklari soni tobora ortmoqda. («Xalq so‘zi») 2. Har bir tuman va shaharlarda yangi o‘quv muassasalari qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. 3. «Oqtosh» oromgohi Toshkent viloyatida joylashgan. U yerdagi o‘yingohda bolalarning sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. 4. Keyingi yillarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan yurtdoshlarimiz safi tobora kengaymoqda.


Savol va topshiriqlar

  1. Yangi so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
  2. To‘rtta yangi so‘zni gap ichida keltirib, ma’nosini tushuntiring.
Previous articleEskirgan so‘zlar – Эскирган сўзлар
Next articleIboralar (Иборалар)