Ayrim undoshlar talaffuzi va imlosi

0

Ayrim undoshlar talaffuzi va imlosi. Айрим ундошлар талаффузи ва имлоси.


So‘z oxirida b–p, d–t, z–s singari jarangli va jarangsiz undoshlar o‘rtasidagi farq yo‘qolib, bir xil – jarangsiz undosh tovush holida talaffuz etiladi, lekin b, d, z yoziladi.


400-mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli undosh tovushlarni qo‘ying, ularning talaffuzi va imlosi o‘rtasidagi farqlarni tushuntirib bering.

Tala…, dar…chil, nomar…, bar…, makta…, balan…, pas…, i…timoiy, ma…ba, ta…dimot, ofto…, farzan…

401-mashq. Berilgan so‘zlarga qavs ichidagi tovushlar juftligidan mos keladiganini qo‘yib, ko‘chiring.

I (z–s)siz yo‘qoldi, tu(z–s)ini o‘zgartirmoq, ko‘(z–s)ini davolamoq, tu(z–s)iz ovqat, «Mati(z–s)» avtomobili, afsu(z–s) qilmoq.


Savol va topshiriqlar

  1. Qanday undoshlarga jarangli undoshlar deyiladi?
  2. b– p, d– t undoshlari qanday talaffuz qilinadi?
Previous articleE unlisining talaffuzi va imlosi
Next articleG – K, Q – G‘ undoshlari talaffuzi va imlosi